Ushbu bo'limda Siz ZiyoNET Resurs Markazi tomonidan o'tkazilayotgan barcha tanlovlar va tadbirlar haqida ma'lumot topishingiz mumkin. O'tkazilayotgan tanlovlar va tadbirlarning asosiy maqsadi ZiyoNET tarmog’ini rivojlantirish uchun yoshlarni, o'quvchilarni, o'qituvchilarni va ilmiy hodimlarni faol ishtirok etishiga jalb qilishdir.
Sayt ochilganidan boshlab bir qator tanlovlar o'tkazildi. Ularning ichida, uch mavzuviy yo'nalish bo'yicha eng yahshi esse tanlovi alohida o'rin tutadi. Bular:«Informatika fanidan darslar», «O'qituvchining fanida AKTning tutgan o'rni» va «O'quv jarayonining samaradorligini oshirishda AKTning ahamiyati».
Bundan tashqari « ZiyoNET saytlari»ning» uch nominaciyasi bo'yicha tanlov o'tkazildi:«Maktab sayti», «Oliy o'quv yurti sayti», «Mustaqil loyiha».
2009 yil 8 aprelda ZiyoNET radio-viktorinasi o'tkazildi. Ushbu viktorina Toshkentning 2200-yiliga bag’ishlandi.
Sayt-satellitlar faoliyatini rivojlantirish uchun «Sayyora» Internet-marafoni ham o'tkazildi. Marafonning maqsadi - ZiyoNET tarmog’ining saytlarida qiziqarli va foydali ma'lumotlarni joylashtirishdan iborat edi. Tadbir ishtirokchilari sifatida ZiyoNET portalidagi saytlarning mualliflari, hammualliflari qatnashdilar.
Marafon 2 bosqichda o'tkazilib, g’oliblar qimmatbaho sovg’alar va sovrinlar bilan taqdirlandilar.
Ushbu marafon haqidagi qo'shimcha ma'lumot forumning «Sayyora» Internet-marafoni mahsus bo'limida mavjud.
Yaqinda «Toshkent — sevimli shahrim» tadbiri nihoyasiga etdi. Ushbu tadbir MG.UZ Internet Tarmog’i bilan hamkorlikda o'tkazildi va ushbu o'quv yilining so'nggi qo'ng’iroqiga bag’ishlandi.
Tadbirning asosiy maqsadi Toshkent liceylari va kollejlaridagi o'quvchilarning e'tiborini jalb qilish hamda ta'lim olish va kasb tanlash imkoniyatini yaratib berishdan iborat edi.
Shuni bildiramizki, ZiyoNET tarmogi Ma'muriyati boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda turli tadbirlar o'tkazish bo'yicha taqdim etilgan takliflarni mamnuniyat bilan qabul qiladi. O'z takliflaringizni bog’lanish formasi orqali yo'llang yoki biz bilan to'g’ridan-to'g’ri bog’laning:
E-mail: info@ziyonet.uz
Tel: 998(71) 238-4241
ZiyoNET saytida doimo turli tadbir va tanlovlar o'tkaziladi. Ulardan doimo habardor bo'ling va qimmatbaho sovg’alar egasiga aylaning!