Tez-tez so'raladigan savollar

1. Kutubhona
1.1. Resurs qanday qo'shiladi?
1.2. Qo'shilayotgan resurs qaysi formatda bo'lishi kerak?
1.3. Qo'shilayotgan resursning maksimal hajmi qancha bo'lishi kerak?
1.4. Men o'z materialimni bo'limga nega qo'sha ololmayapman?
1.5. Men o'zim qo'shgan avtoreferat yoki dissertaciyamni nega topa ololmayapman?
1.6. Qancha vaqtdan keyin qo'shilgan resurs bo'limda paydo bo'ladi?
1.7. Qo'shilgan resursni qanday qilib o'chirsa bo'ladi?
1.8. Qo'shilgan resursni qanday qilib o'zgartirsa bo'ladi?
1.9. Resursni qanday ko'chirib olsa bo'ladi?
2. Sayt
2.1. Sayt qanday yaratiladi?
2.2. Nima uchun mening saytim blokirovka qilindi?
2.3. Saytni qanday o'chirib tashlasa bo'ladi?
2.4. Saytning nomini o'zgartirish mumkinmi?
2.5. Bir hisob nomiga ikkita yoki undan ortiq sayt yaratish mumkinmi?
2.6. Maqolani qanday qilib saytga kiritsa bo'ladi?
2.7. Nimaga mening maqolam portalning asosiy sahifasida paydo bo'lmayapti?
2.8. Sayt-satellitdagi publikaciyalar ZiyoNET portali bosh sahifasiga chiqishi uchun nima qilish kerak?
3. Muassasalar
3.1. Foydalanuvchi yangi ta'lim muassasa kartochkasini qo'sha oladimi?
4. Arboblar
4.1. Foydalanuvchi arbob bo'yicha yangi kartochka qo'sha oladimi?
4.2. "Arbob"ning kartochkasini o'zgartirish yoki unga qo'shimcha ma'lumot kiritish mumkinmi?
5. Ta'lim
5.1. Foydalanuvchi O'zbekistonda ta'lim haqida qo'shimcha ma'lumot qo'sha oladimi?
6. Real ID
6.1. Real ID maqomini qanaqa olishingiz mumkin?


1. Kutubhona


1.1. Resurs qanday qo'shiladi?

ЗиёНЕТ tarmog'ining har bir foydalanuvchisi ZiyoNET portalida «Kutubhona» bo'limiga ahborot-ta'lim resursini (ATR) joylashtirish huquqiga ega. Barcha joylashtirilgan materiallarni Tas-Ix tarmog'ining har bir foydalanuvchisi bepul ko'chirib olsa bo'ladi.

www.ziyonet.uz saytida ATRni joylashtirish uchun saytda avtorizaciyadan o'tib «Kutubhona» bo'limiga kirish kerak va «Resurs qo'shish» ishoratini bosish lozim.

Yangi ochilgan sahifada mahsus shaklni to'ldirish uchun talab bo'lgan har bir yacheykaga qo'shilayotgan resurs haqida ma'lumot kiritish lozim. Ma'lumotlarni va materialni kiritgandan so'ng «Resurs qo'shish» tugmasini bosish kerak.

Shundan so'ng material omadli ko'shilganligi haqida yangi ochilgan sahifada yozuv chiqadi. Yangi ko'shilgan resurs hatolar bor-yo'qligiga va to'g'ri to'ldirganligiga moderator tomonidan tekshirilib olinadi. Moderaciyadan so'ng material 24 soat ichida «Kutubhona» bo'limida paydo bo'lib internetdan ko'chirib olsa bo'ladi.

qo'shimcha savollaringizni forumning mahsus mavzusiga yo'llang.


1.2. Qo'shilayotgan resurs qaysi formatda bo'lishi shart?


Qo'shilayotgan resurs *rar yoki *zip papkasiga arhivlashtirilgan bo'lishi shart. Materialning o'zi quyidagi formatlarda bo'lishi mumkin: *doc, *xls, *png, *jpeg/jpg va *pdf.


1.3. Qo'shilayotgan resursning maksimal hajmi qancha bo'lishi kerak?


Qo'shilayotgan resursning maksimal hajmi 10 mb dan ortiq bo'lmasligi kerak. Agarda sizning materiallingiz 10 mb dan oshiq bo'lsa, uni bir necha qismga bo'lib kutubhonaga tashlang.


1.4. Men o'z materialimni bo'limga nega qo'sha ololmayapman?


Resurs qo'shilayotgan paytda mahsus shakldagi bo'sh yacheykalarga resursning nomini va tavsifini kiritish shart. Resurs kiritilish jarayonida kitob turi, nashr tavsifi, bilimlar sohasi va resurs tili belgilab olinadi.


1.5. Men o'zim qo'shgan avtoreferat yoki dissertaciyamni nega topa ololmayapman?


Bo'limda avtoreferatlar va dissertaciyalarning ko'rinishi uchun foydalanuvchi saytda avtorizaciyadan o'tishi lozim.


1.6. Qancha vaqtdan keyin qo'shilgan resurs bo'limda paydo bo'ladi?


Resurs qo'shilgandan keyin moderatorlar tomonidan tekshirilib chiqiladi va 24 soat ichida bo'limda paydo bo'ladi.


1.7. Qo'shilgan resursni qanday o'chirib tashlasa bo'ladi?


Qo'shilgan resursni faqat bo'limning moderatorlari o'chirib tashlashlari mumkin. Buning uchun ular bilan bog'lanishingiz kerak: ziyonetfeedback@uzinfocom.uz


1.8. Qo'shilgan resursni qanday o'zgartirsa bo'ladi?


Qo'shilgan resursni faqat bo'limning moderatorlari o'zgartiradilar. Buning uchun ular bilan bog'laning: ziyonetfeedback@uzinfocom.uz


1.9. Resursni qanday qilib ko'chirib olsa bo'ladi?


Resursni ko'chirib olish uchun kerakli resursni tanlab, «Ko'chirib olish» ishoratini bosish kerak.

Qo'shimcha savollaringizni forumning mahsus mavzusiga yo'llang.


2. Sayt


2.1. Sayt qanday yaratiladi?


ZiyoNET tarmog'ida ID.UZ avtorizaciya tizimida ro'yhatdan o'tgan barcha foydalanuvchilar sayt yarata oladilar. Bu uchun www.id.uz saytida avtorizaciyadan o'tish kerak.


Avtorizaciya menyusida login va parolni kiritish kerak va «Voyti» («Kirish») tugmasini bosish lozim.


Avtorizaciyadan o'tganingizdan so'ng ismingizning yonida «Sayt yaratish» ishorati paydo bo'ladi.


«Sayt yaratish» ishoratini bosgach, siz www.ziyonet.uz saytiga yo'llanasiz va foydalanish kelishuvi bilan tanishib chiqasiz. «Shartlarga roziman» bandini belgilab, sayt yaratish uchun to'ldirilishi zarur bo'lgan mahsus formadagi yacheykalarni aniq va to'liq to'ldiring. Ma'lumotlarni aniq kiriting.

Saytingiz to'g'risida aniq ma'lumot berganingizdan va «Sayt olish» tugmasini bosganingizdan so'ng talabnoma qabul qilinganligi haqida habar keladi.

Administrator berilgan ma'lumotingizni tekshirgandan keyin saytingizni ro'yhatdan o'tilayotgan vaqtida ko'rsatgan E-mail manzilingizga tasdiqlash ishorati keladi.
Qo'shimcha savollaringizni forumning mahsus bo'limiga yo'llay olasiz.


2.2. Nega mening saytim blokirovka qilindi?


Sizning saytingiz quyidagi sabablarga ko'ra blokirovka qilinishi mumkin:

  • Agar siz ZiyoNET portalining qoidalarini buzgan bo'lsangiz;
  • Agar sizning saytingizda 6 oy davomida hech qanday o'zgarishlar bo'lmagan bo'lsa.


2.3. Saytni qanday o'chirib tashlasa bo'ladi?


Foydalanuvchilar o'z saytini administratorlik qismidan o'chirtirib tashlashlari mumkin. Buning uchun sayt moderatorlariga murojaat qilish kerak.


2.4. Saytning nomini o'zgartirsa bo'ladimi?


Sayt nomini sayt moderatorlariga murojaat qilsangiz, ular o'zgartiradilar. Ular bilan bog'laning: ziyonetfeedback@uzinfocom.uz


2.5. Bir hisob nomiga ikkita yoki undan ortiq sayt yaratish mumkinmi?


Foydalanuvchi faqat bir saytning egasi bo'la oladi. Lekin u boshqa saytlarda hammuallif sifatida qatnashishi mumkin. Buning uchun boshqa sayt egasining ruhsati kerak.


2.6. Maqolani qanday qilib saytga kiritsa bo'ladi?


Maqolani kiritish uchun foydalanuvchi o'z saytining administrator qismida «Napisat» («Yozish») tugmasini bosib, yangi ochilgan sahifada, mahsus shaklda, qo'shilayotgan maqola haqida barcha kerakli ma'lumotlarni kiritishi kerak va maqola turini, yo'nalishini va tilini belgilashi lozim.


2.7. Nega mening maqolam portalning asosiy sahifasida paydo bo'lmayapti?


Portalning asosiy sahifasida faqat saytga tanlangan maqolalar o'quv-ta'lim, madaniy-ma'rifiy - asosiy talablarga javob bera oladigan bo'lsagina asosiy sahifada namoyon bo'ladi.

2.8. Sayt-satellitdagi publikaciyalar ZiyoNET portali bosh sahifasiga chiqishi uchun nima qilish kerak?

Sayt-satellitdagi publikaciyalar ZiyoNET portali bosh sahifasida chiqishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish kerak:

Publikaciya turini aniqlash lozim:

  • Yangilik
  • Tahlil
  • Fotoreportaj
  • E'lon
  • Videomaterial

Publikaciya yo'nalishini aniqlash lozim:

  • O'quvchilarga
  • Talabalarga
  • Ilm-fan
  • Madaniyat
  • Sport
  • Jamiyat
  • O'rta mahsus ta'lim

Qo'shimcha talablar:

  • Publikaciya sarlavhasi uning mazmunini ifodalashi kerak.
  • Sarlavha 70 belgidan ko'p bo'lmasligi kerak.

Publikaciya tavsifi

  • Qisqa, aniq bo'lishi kerak.
  • Publikaciya tavsifi «more» tegi bilan berilishi kerak.
  • Agarda tavsifda rasm bo'lsa, matn balandligi rasm balandligidan katta bo'lmasligi kerak.
  • Sarlavha matnini tavsifda takrorlamagan ma'qul.

ublikaciyaning asosiy matni

  • Publikaciyadagi belgilar soni 1500 dan 4000 gacha bo'lishi kerak.
  • Publikaciyadagi ma'lumot hatboshi bilan ajratilgan bo'lishi kerak.
  • Publikaciya tilini aniqlash lozim (kirill yozuvidagi o'zbekcha, lotin yozuvidagi o'zbekcha, ruscha, inglizcha).
  • Publikaciya matni grammatik hatolarsiz bo'lishi kerak.
  • Sarlavhadagi iboralarni publikaciya matnida takrorlamagan ma'qul.

Publikaciyalardagi rasmlar
  • Tavsifdagi rasmning eni va balandligi 200 pikseldan oshmasligi kerak.
  • Tavsifda rasmdan keyin matn keltirish kerak.
  • Tele- va fotoreportajlardagi rasmning eni va balandligi 400 pikseldan oshmasligi kerak.
  • Mavzuga aloqador bo'lmagan rasmlarni qo'yish ma'n etiladi. Shuningdek ahloq-odob qoidalariga zid keladigan rasmlarni qo'yish ham ma'n qilinadi.
  • Publikaciya matnida boshqa serverda bo'lgan rasmlarga ishorat berish ma'n etiladi.
  • Fotoreportajlarda rasmga oid ma'lumotlarni (rasmga olingan sana, manba va boshqalar) kiritish lozim.

Publikaciyalarda ishoratlar
  • Agarda publikaciya boshqa saytdan olingan bo'lsa, albatta, unga ishorat ko'rsatish kerak.
  • Manba manzilini mahsus «Istochnik» maydonida ko'rsating.
  • Ma'lumotlarni ko'chirib qo'yganda ko'pincha ortiqcha HTML belgilar qolib ketishi kuzatiladi (keraksiz ishoratlar, jadvallar, rasmlar chegaralari). Shuning uchun tahrirlovchini kodli rejimda ochib keraksiz HTML teglarni olib tashlash lozim.

Qo'shimcha savollaringizni forumning bu yoki mana bu mavzulariga yo'llay olasiz.

3. Muassasalar


3.1. Foydalanuvchi yangi ta'lim muassasa kartochkasini qo'sha oladimi?

 

Yangi ta'lim muassasa kartochkasini faqat bo'limning moderatorlari qo'shishlari mumkin. Buning uchun ular bilan bog'laning: ziyonetfeedback@uzinfocom.uz


4. Arboblar


4.1. Foydalanuvchi arbob bo'yicha yangi kartochka qo'sha oladimi?

 

Yangi arbob haqidagi kartochkani faqat bo'limning moderatorlarigina qo'shishlari mumkin. Ular bilan bog'laning: ziyonetfeedback@uzinfocom.uz


4.2. Arbobning kartochkasini o'zgartirish yoki unga qo'shimcha ma'lumot qo'shish mumkinmi?

 

Yangi arbob kartochkasini faqat bo'limning moderatorlari o'zgartirishlari yoki unga qo'shimcha ma'lumot qo'shishlari mumkin. Buning uchun moderatorlar bilan bog'laning:

 

Qo'shimcha savollaringizni forumning bu yoki mana bu mavzulariga yo'llay olasiz.



5. Ta'lim


5.1. Foydalanuvchi O'zbekistonda ta'lim tizimi haqida qo'shimcha ma'lumot qo'sha oladimi?

O'zbekistonda ta'lim haqida qo'shimcha ma'lumotni faqat bo'limning moderatorlari qo'sha olishlari mumkin. Buning uchun ular bilan bog'laning: ziyonetfeedback@uzinfocom.uz


6. Real ID


6.1. Real ID maqomini qanaqa olishingiz mumkin?

 

Real ID maqomini olish uchun forumda so'rovnoma qoldirishingiz zarur. Shundan so'ng Open ID yoki Real ID maqomiga ega forum qatnashchisi anketa haqiqatan ham shu shahsga tegishli ekanligini tasdiqlashi shart. Anketangiz tasdiqdan o'tgach, ID.UZ ma'muriyati anketangizga Real ID maqomini beradi.

 

Real ID maqomini olish bilan birga Siz quyidagi yangi imkoniyatlarni yaratasiz:

  • Uchinchi darajali domendagi satellit-sayt ochish
  • Fikr.uz saytida maqolar yozish, izohlarni qoldirish
  • ZiyoNET RMT dagi tanlovlarda, akciyalarda va lotereyalarda ishtirok etishingiz mumkin.

 

Agar Siz Real ID-a'zosi bo'lishga ulgirmagan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning!

 

Qo'shimcha savollaringizni forumning mahsus bo'limiga yo'llang.